Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining uç nafar a'zosi “Soyuz MS-04” koinot kemasining kapsulasida Yerga qaytdilar. Bu haqda Parvozlarni boşqariş markazida jurnalistlarga ma'lum qilindi.

Yerga Roskosmos fazogiri Fedor Yurçixin va NASA astronavtlari Peggi Uitson va Jyek Fişer qaytdilar. Kapsula Qozoğistonda jadvalga köra qöndirilgan.

Foto: RIA "Novosti"

XKSga keyingi MKS 53/54 ekspeditsiyasining iştirokçilari kelgunlarigaça stansiyada rossiyalik fazogir Sergey Ryazanskiy, amerikalik Rendolf Breznik va italiyalik Paolo Nespoli işni davom ettiradilar.

XKSning navbatdagi missiyasi ekipajini XKSga yetkazadigan “Soyuz MS-06” kemasi parvozi 13 sentabrda Boyqönğir kosmodromidan amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Kemaning asosiy ekipaji Roskosmos fazogiri Aleksandr Misurkin va NASA astronavtlari Mark Vande Xay va Jozef Akabadan iborat böladi.