Yurtimizda yoşlarning çet tillarini mukammal örganişi uçun yetarli şart-şaroitlar yaratilmoqda, yoş avlod vakillariga çet tilini örgatişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Şu bilan birga, yoş kadrlar salohiyatini oşiriş maqsadida bir qator xayrli va ezgu işlar amalga oşirilayotir. Bunga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi "Ta'lim muassasalarida çet tillarini öqitişning sifatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 610-sonli qarori misol böla oladi.
Ma'lumki, mamlakatimizda çet tillarini öqitiş mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Çet tillarini örganiş va öqitişga e'tibor, ayniqsa, Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi "Çet tillarini örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori qabul qilingandan keyin yanada kuçaydi. Mazkur qarorda çet tillarini öqitişdagi yutuqlar bilan birga, ta'lim standartlari, öquv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilğor axborot va mediatexnologiyalardan foydalaniş borasidagi talabga töliq javob bermayotgani, ta'lim asosan zamonaviy usullarda olib borilayotgani, ta'lim tizimining barça bosqiçlarida çet tillarni uzluksiz örganişni taşkil qiliş, şuningdek, öqituvçilar malakasini oşiriş hamda zamonaviy öquv-uslubiy materiallar bilan ta'minlaşga oid kamçiliklar ham körsatilgan.
Respublikamizda çet tillarini öqiş, örganiş va baholaş tizimining 2012 yildan boşlangan mana şunday beş yillik natijasi ölaroq, yuqorida ta'kidlaganimiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi qarori qabul qilingan. Uşbu qaror respublikamizda ta'lim sohasidagi islohotlar izçil davom etilayotganidan, çet tillarini mukammal biladigan öquvçilar, talabalar va pedagoglarga imtiyozlar, malaka sertifikatlari beriş hamda ularni rağbatlantiriş maqsadi közda tutilganidan dalolat beradi.
Qarorga köra, bundan keyin uzluksiz ta'lim tizimining barça bosqiçlarida yoş avlodni çet tillariga öqitiş sifatini ta'minlaş, çet tillarida erkin sözlaşa oladigan mutaxassislarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, uşbu yönalişdagi öquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlaş maqsadida çet tillarini biliş darajasini baholaşning milliy test tizimi joriy etiladi. Bu kabi çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun uzluksiz ta'lim tizimining barça bosqiçlarida çet tillarini özlaştiriş darajasini davlat ta'lim standartlarida belgilangan "Tinglab tuşuniş" (Listening), "Öqiş" (Reading), "Yoziş" (Writing), "Gapiriş" (Speaking) könikmalari asosida baholab boriş mexanizmi işlab çiqiladi.
Amaliyotga tatbiq etilajak qarorning yana bir muhim tomoni şundaki, unga köra, çet tillarini biliş darajasi töğrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga ega bölgan öquvçi, talaba va pedagoglar çet eldagi yetakçi ta'lim muassasalarida til örganiş amaliyotlarida iştirok etiş baxtiga muşarraf böladi. Bundan taşqari, 2018 yil 1 yanvardan boşlab malaka sertifikatiga ega bölgan talabgorlar sertifikatni qölga kiritgan vaqtdan e'tiboran 3 yilgaça quyidagi imtiyozlarga ega böladi, ya'ni umumiy örta ta'lim muassasalari bitiruvçilari, abituriyentlar va bakalavrlarga ta'limning keyingi bosqiçini davom ettiriş uçun test sinovlari röyxatiga çet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan ta'lim muassasalariga kirişda çet tili fanidan maksimal ball beriladi va çet tili fanidan test sinovidan ozod etiladi. Şuningdek, V2 va undan ortiq darajadagi malaka sertifikatiga ega bölgan ta'lim muassasalari pedagoglari attestatsiya jarayonlarida maksimal ball bilan baholanadi va sinovlardan ozod etiladi. Sertifikat oliş istagini bildirgan talabgorlar uçun talab hajmidan kelib çiqqan holda, hududlarda tizimli ravişda test sinovlari ötkaziladi.











