Test natijalari e'lon qilingandan keyin, tahririyatimizga abituriyentlar nomidan köplab savollar kelib tuşmoqda. Şunday savollarning aksariyat qismini tahlil qilganimizda, bir neça abituriyent yetarli ball töplasa ham talabalikka tavsiya etilmaganidan hayronligi aks etgan murojaatlarga guvoh böldik.
Nega talaba bölişmadi?
Joriy yilning 5 may kuni «2017/2018 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga qabul töğrisida»gi Prezident qaroriga asosan Özbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga davlat grantlari asosida maqsadli qabul e'lon qilingan edi. Keyinçalik bunday maqsadli kvota respublikamizdagi qişloq xöjaligi yönalişlariga ham ajratildi.
Maqsadli qabul kvotasida viloyatlar kesimida davlat granti uçun joy ajratildi hamda öşa viloyatda doimiy yaşaydigan va öşa viloyatda örta maxsus ta'limni olgan abituriyentlar hujjat topşira olişi belgilandi.
Bizga kelgan ma'lumotlarga köra, test javoblari çiqqanda maqsadli qabul doirasida hozirça tuşunarsiz bölgan ayrim qarorlar e'lon qilingan.
Masalan, Toşkent tibbiyot akademiyasining Oliy hamşiralik işi yönalişining rus guruhiga Namangan viloyati hududi böyiça 2ta maqsadli örin ajratilgan bölib, unga 2 nafar abituriyent hujjat topşirgan. Demak, ularning boşqa raqobatçisi bölmagan.
Biroq test natijalari e'lon qilinganda, bir nafar abituriyent 131,4 ball töplagan holda talabalikka tavsiya etilgan, ikkinçi abituriyent esa 73,3 ball töplagan holda talabalikka tavsiya etilmagan.

Şuningdek, Samarqand qişloq xöjalik institutining Qişloq xöjalik mahsulotlarini saqlaş va dastlabki işlaş texnologiyasi yönalişida Xorazm viloyati uçun 2ta maqsadli kvota ajratilgan bölib, unga 5 nafar abituriyent hujjat topşirgan. Biroq yakunda beş abituriyent ham talabalikka tavsiya etilmagan. Ularning 4 nafari 68 balldan past ball töplagan bölsa, bir nafar abituriyent 72,9 ball töplagan. Garçi 68 balldan yuqori töplagan bölişiga qaramasdan, u ham çiziqdan pastda turibdi.
Bunday holat yana xuddi şu Samarqand qişloq xöjalik institutining Qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş yönalişida ham kuzatilgan. Mazkur yönalişda Jizzax viloyati uçun 5ta maqsadli kvota ajratilgan bölib, unga 13 nafar abituriyent hujjat topşirgan edi. Yakunda Jizzax viloyatidan 4 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan, 74,2 ball töplab 5-örinda qayd etilgan abituriyent esa nima uçundir çiziqdan pastda qolib ketgan. Bunday misollarni yana davom ettiriş mumkin.













