Yaponiyaning avtomobil işlab çiqaruvçi Nissan kompaniyasining Britaniyadagi bölimi 5 sentabr kuni öz Twitter'ida yangi elektrokar taqdimotiga doir tvit qoldirib, unga adaşib nissan.com/nissan sayti havolasini joyladi (maqola çiqquniga qadar bu havola öçirilgan).

Biroq gap şundaki, uşbu havola kompaniya saytiga emas, kesilgan logotipli Nissan sahifasiga havola bergan. 

Mazkur sayt 1994 yildan beri Nissan domeni tufayli kompaniya bilan sudlaşgan amerikalik Uzi Nissanuga tegişli. Nissan öz saytida avto işlab çiqaruvçi va özining «Nissan Computer» kompaniyasi örtasidagi sud mojarolari haqida ma'lumot bergan. 

Foto: jalopnik.com

Uzi Nissan «Nissan Computer» kompaniyasiga 1991 yilda asos solgan. 1994 yilda u nissan.com domenini röyxatdan ötkazgan. Bir yildan keyin yapon kompaniyasi öz saytini oçişga qaror qilgan va domen band ekanini aniqlagan. 1999 yilda avto işlab çiqaruvçi Nissandan 10 million dollar undiriş söralgan da'vo arizasini yozgan. Nissan Nissanni kiberskvottingda ayblagan - amerikalik öz saytida reklama bannerlarini joylaştirib, bundan daromad olgan. 

Sud mojarosi 2007 yilda Uzi Nissan foydasiga hal böldi. U öz saytining avtomobillarga heç qanday aloqasi yöqligini isbotlaşga muvaffaq bölgan. Sud domenni unga qoldirdi.