Toşkent şahar Mirobod tumani Inoqobod mahallasi 8-mart köçasi 57-uyda joylaşgan “Baxt xizmat” mas'uliyati çeklangan jamiyatga qaraşli avtokorxonani ijaraga olgan “Kislorod-azot-gaz Trans servis” MÇJning kislorod balonlarini ta'mirlaş, töldiriş sexida yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin xavfsizligi xizmatiga xabar kelib tuşadi, deb ma'lum qilmoqda “Özbekiston24” telekanali sayti.
Voqea joyiga yonğin öçiriş bölinmalari tezda yetib bordi. Soha vakillarining sa'y-xarakatlari natijasida yonğin batamom bartaraf etildi. Yonğin natijasida sexning 170 kv.metr maydonidagi içki qismi va uskunalari zarar körgan. Taxminiy sabab: maişiy gaz balonlariga texnik xizmat körsatiş vaqtida yonğin xavfsizligi qoidalarining qöpol ravişda buzilişi. Voqea joyiga 5 ta yonğin öçiriş avtomobillari jalb etilgan. Tan jarohati va halok böliş holatlari qayd etilmagan.
Yunusobod tumani Minor mahallasi Amir Temur şox köçasi 95A-uyda joylaşgan «REAL ESTATE I WESTMENT» MÇJning generator xonasining 10 kv.m. maydonda içki qismi va devor qoplamasi yongan. Yonğin öçiriş vaqtida jamiyat işçilaridan 5 ta fukaro qutqarib qolindi. Yonğinning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutaşuvi. Yonğinga 4 ta yonğin öçiriş avtomobillari jalb etilgan.
Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumani Bayterak MFY, Berdaq köçasi 1-uyda yaşovçi B.Karimovning uyida ham yonğin böladi. Voqea joyiga yonğin öçiriş bölinmalari yetib borib, olovni batamom bartaf etişgan. Yonğin natijasida uyning 120 kv. maydonida tom qismi zararlangan. Yonğinni taxminiy sababi: elektr simlaridagi qisqa tutaşuv. Yonğinni bartaraf etişga 4 ta yonğin öçiriş avtomobillari jalb etilgan.
















