Britaniyada bir qizning donorlik a'zolari tufayli 8 kişining hayotini saqlab qolişga muvaffaq bölindi. The Guardian naşrining yozişiça, donor boş miya anevrizmidan vafot etgan 13 yoşli britaniyalik Jyemima Leyzel bölgan.

Qizçaning ota-onasi uning vafotidan keyin organlarini boşqa muhtoj kişilarga berişga qaror qilişgan. Qizning tana a'zolari köçirib ötkazilgan 8 kişidan 5 nafari bolalardir. 3 kişi Jyemimaning yuragini, ingiçka içagi va oşqozonosti bezini, 2 kişi uning buyraklarini, yana bir kişi öpkasini olgan. Qizning jigari esa ikki kişi orasida taqsimlangan.

Jyemimaning ota-onasi bunday qarorga keliş qiyin bölganini, biroq ular şunçalik köp miqdordagi odamlarning hayotini saqlab qolişgani uçun xursand ekanliklarini aytişgan.