Buyuk Britaniyaning Nyukasl universiteti professori Roy Teylor Yevropa diabetni tadqiq qiliş assotsiatsiyasining 53-har yilgi yiğilişida ikkinçi turdagi qandli diabetdan qutuliş dasturini taqdim etdi, deya xabar berilgan oliy öquv yurti saytida.
Qariyb qirq yil davomida ikkinçi turdagi qandli diabetni örgangan ekspertning fikriça, oşqozonosti bezi tomonidan ortiqça yoğning yöqotilişi insulin normal holatda işlab çiqarilişini tiklaydi.
Professorning fikriça, bu xastalik jigar va oşqozonosti bezidagi yoğ miqdorining köpligi tufayli çaqiriladi, ulardan past kaloriyali parhez yordamida qutuliş mumkin.
Teylor tadqiqotda iştirok etayotgan bemorlar haqida ham aytib ötdi. Ular ikkinçi turdagi qandli diabet bilan oğriydi. Davolaniş dasturi ikki bosqiçdan iborat bölgan. Birinçisida iste'mol qilinayotgan ovqat kaloriyasi kamaytirilgan, ikkinçisida esa – jismoniy faollik kiritilgan. Tajriba qatnaşçilari örtaça 15 kilogrammga ozişgan, xastalik alomatlari kamroq kuzatilgan.
Teylorning fikriça, ikkinçi turdagi qandli diabetni şu usul orqali “uyquga soliş” faqatgina endokrin kasallik aniqlanganidan söng birinçi ön yil içida mumkindir.













