AQŞ QK Tinç okeani qömondonligi rasmiy vakili Deyv Benemning ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya uçirgan örta masofadagi ballistik raketa Şimoliy Amerika hamda Guam oroliga tahdid uyğotmagan. Bu haqda Sand Hills Express xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, AQŞ Tinç okeani qömondonligi KXDR tomonidan uçirilgan raketani qayd etgan va kuzatib borgan.

Benemning ta'kidlaşiça, «Şimoliy Amerika aerofazoviy mudofaa qömondonligi (NORAD) ballistik raketa bu mintaqaga xavf tuğdirmasligini aniqladi», AQŞ Tinç okeani qömondonligi esa raketa Qöşma Ştatlarning Tinç okeanidagi yirik strategik harbiy bazasi joylaşgan Guam oroliga tahdid uyğotmaganini bildirdi.

Avvalroq Şimoliy Koreya Tinç okeani tomon raketa uçirgani xabar berildi. Şundan söng Janubiy Koreya KXDR harakatiga javoban darhol öz ballistik raketasini uçirdi. Biroz ötib esa KXDR raketasi qança masofani uçib ötgani va qanday balandlikka kötarilgani ma'lum böldi.