2018/2019 öquv yili boşlangunga qadar Özbekistonning har bir tumani (şahari)da davlat röyxatidan ötkaziş tartibiga rioya qilgan holda maktabgaça va umumiy örta ta'lim sohasida nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatiş faoliyati bilan şuğullanadigan kamida bittadan yuridik şaxs taşkil etiladi. Bu Prezidentning «Nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilab qöyilgan.

Qaror şarhida aytilişiça, mustaqillik yillarida ta'lim sohasida yoşlarga zamonaviy bilimlarni beriş, ularning intellektual salohiyatini oşiriş va jahon hamjamiyatida munosib örin egallaşiga qaratilgan tub özgarişlar va islohotlar amalga oşirildi. 

Xususan, umumiy örta ta'lim sifatini tubdan oşiriş, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni şakllantirişni hamda yoşlarga ta'lim berişni yangi sifat darajasiga kötariş, şu jumladan, çet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bölgan boşqa fanlarni çuqurlaştirib örganiş 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan. 

Xorijiy tajribalar davlat va nodavlat ta'lim muassasalari örtasida soğlom raqobat fuqarolarning sifatli ta'lim olişga bölgan huquqini röyobga çiqarişga xizmat qilişini körsatmoqda. 

Şuning uçun ham bir qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nodavlat ta'lim sektorining umumiy örta ta'limdagi uluşi yuqori bölib, Germaniyada 12 foizni, Fransiyada 17 foizni, AQŞda 18 foizni, Buyuk Britaniyada 20 foizni, Ispaniya, Irlandiya va Gollandiyada 30 foizni taşkil etadi. 

Hozirgi kunda respublikada 43 ta nodavlat umumiy örta ta'lim maktabi tegişli litsenziyaga ega bölib, xalq ta'limi tizimidagi 9680 ta maktabga nisbatan ularning uluşi 0,4 foizni taşkil etadi. Nodavlat umumiy örta ta'lim maktablarining aksariyat qismi (27 ta) Toşkent şahrida joylaşgan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Toşkent viloyatlarida birorta nodavlat maktabi taşkil etilmagan. 

Faoliyat körsatayotgan nodavlat ta'lim muassasalaridan 20 tasi boşlanğiç ta'lim (1-4-sinflar), qolgan 23 tasi umumiy örta ta'lim (1-9-sinflar) bosqiçlariga möljallangan, ulardagi 330 ta sinfda 6 mingga yaqin öquvçi ta'lim-tarbiya oladi (davlat maktablari kontingentiga nisbatan 0,12%).