17-20 sentabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumanida Özbekiston Yoşlar ittifoqi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida ilmiy ekspeditsiya ötkaziladi. Unda yoş olimlar, gid-ekskursovodlar, fotosuratçilar, blogerlar va jurnalistlar iştirok etadi. 25 kişidan iborat ekspeditsiya a'zolari 3 keça-kunduz davomida Orol böyi hududida istiqomat qilib, bugungi kundagi haqiqiy holat bilan yaqindan tanişişadi.
2017-2021 yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etişning samarali yöllarini işlab çiqiş, uşbu hududda yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal etişning ta'sirçan mexanizmlarini yaratiş va amalga oşiriş kabi tadbirlar belgilangan.
Tadbir taşkilotçilari mazkur loyiha orqali Orol fojiasining bugungi kundagi holatiga keng jamoatçilik e'tiborini qaratiş, biologiya, geologiya, ekologiya yönalişlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş va kasbiy qiziqişlarini yanada oşirişga harakat qilişmoqda. Şuningdek, mazkur hududga sayyohlar oqimini, ayniqsa, yoşlar va ekstremal turizm yönalişlarida xorijlik mehmonlarni jalb etişga hissa qöşişni rejalaştirişgan.
Ekspeditsiya davomida iştirokçilar yoş olimlar (ekolog, medik, geolog, biolog), gid-ekskursiyaçilar, yoş jurnalist va blogerlar guruhlariga bölingan holda tegişli vazifalarni amalga oşirişadi. Oxirida har bir guruh tomonidan kelgusida hudud rivoji uçun xizmat qiladigan loyiha yoki mahsulot taqdim etiladi. Misol uçun, gid-ekskursiyaçilar guruhi mahalliy va xorijiy sayyohlarga möljallangan yangi yönalişlar taqdimotini ötkazadi. Yoş olimlar, jurnalist va blogerlar guruhi a'zolari esa, 1-guruhga turli reklama va tarqatma materiallari uçun kontent tayyorlaşga kömaklaşadi. Har bir guruhga tajribali mutaxassislar hamrohlik qilişadi.
Loyiha doirasida, şuningdek, Toşkent şahrida ekskursiya natijalariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazilişi ham rejalaştirilgan.
















