KUN.UZ saytiga murojaat qilayotgan ayrim fuqarolarimizning arizalarida körsatilgan vajlar bilan şuğullanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar ijobiy yeçim topayotganini körib-bilib, guvoh bölib turibsiz. Lekin bu, ayrim özaro ixtilofli şaxsiy masalalar uçun ham bizni bezovta qilib, birining ikkinçisiga xusumati bölgan şaxslar ham saytimizdan bemalol qurol sifatida foydalanişi mumkin, degan xulosani bermaydi.

Foto: Kun.uz

Tahririyatimizga Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasida faoliyat körsatayotgan xodimlar (jami 14 kişi) tomonidan imzolangan ariza kelib tuşdi. Nafsilamrini aytganda, unda şunday bayon qilinadi:

«Biz huquqlarimiz buzilayotganini kerakli joylarga yozib murojaat qildik, lekin bizning murojaatlarimiz böyiça tekşirişga kelgan nazorat-taftiş boşqarmasi (NTB) vakili, mehnat boşqarmasining yuristi va boringki, tekşirişga yana kim kelgan bölsa vaziyatni barça xodimlar uçun yanada oğir qilib (!), boş vraç va boş hisobçining ayblarini yopib berişga yordam berib (!) kelmoqda. Ya'ni, bizning xatlarimizda körsatilgan, şifoxonada sodir bölayotgan özlaştirişlar, öğriliklar va zöravonliklar oçilmasdan qolib ketmoqda».

Yuqoridagi maktubdan körinib turibdiki, arizaçilar bizdan oldin ham mutasaddi taşkilotlarga murojaat qilgan. Tekşirişlar ötkazilgan, lekin yakun arizaçilar istagandek bölmayotgani alohida qayd etilmoqda. Arizada iddaolar bandma-band keltirilgan:

1. Tekşiruvçilar kelganda mukofot va paxta pullarini faqat qoğozdagina olgan xodimlar yolğon bilan «oldik», deb aytişga, tilxat yozişga majbur qilingan.

2. Şifoxonada tekşiruvlar bölib yotgan bir vaqtda, boş vraç körsatmasi bilan barça bölim boşliqlari xodimlardan remont uçun, deb 30-60 ming sömgaça yiğib olmoqda. 

3. Arizamizgaça şifoxonada 800ga yaqin bemor davolanayotganlar röyxatida turar edi. Tekşiruv boşlangaç boş vraç aslida şu vaqtgaça şifoxonaga umuman kelmagan kasallarni «javob berildi»ga çiqardi va natijada 2 hafta içida 100ga yaqin «kasallar» röyxatdan öçirildi. (Şunça bemorga davlat byudjyetidan qança mablağ ajratilişini mutaxassislar aniqlay olişadi-tahr.) 

4. Aslida barça şunça alamzada bölişiga sabab — boş vraç Tohirjon Qodirovdir. U 15 kunda 300 ga yaqin xodimga yolğon sözlab, «moliya boşqarmasi iş stavkalarini qisqartirdi», deya hammadan kamida 0,25 stavkasini öz arizasi bilan topşirişga majbur qildi, natijada, hammaning maoşi qisqarib ketdi. Lekin 70 ga yaqin yangi xodim pora evaziga böşagan iş stavkalari örniga işga qabul qilindi. (Bu masalani ham mas'ul idoralar xöjakörsinga, qoğozbozlik uçun emas, jiddiy taftiş qilişlari talab etiladi-tahr.)