Bugun, 21 sentabr kuni Milliy matbuot markazida 5 iyulda TIV rahbari Abdulaziz Komilovning vatandoşlar bilan töğridan-töğri muloqoti davomida bildirilgan muammolar va taklif-mulohozalarga asosan amalga oşirilayotgan işlarga bağişlangan brifing ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirining örinbosari A.Xodjayev, Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Uluğbek Toşxodjayev, Davlat personalizatsiya markazi direktori Najmiddin Töraxodjayev iştirok etdi.

Tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, brifingdan maqsad - Özbekiston Prezidentining 2017 yil 12 sentabrda çiqarilgan P-5055 sonli Farmoyişi asosida ta'sis etilgan Idoralararo işçi guruhining maqsad va vazifalari haqidagi ma'lumotni keng jamoatçilikka yetkaziş.
Ma'lum qilinişiça, Idoralararo işçi guruhi Taşqi işlar vazirligi, Boş prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat personalizatsiya markazi va Davlat bojxona qömitasi vakillaridan tuzilgan.
Idoralararo işçi guruhni taşkil etişdan maqsad - fuqarolarning konsullik-huquqiy masalalari böyiça murojaatlarni örganib çiqiş, ularning haq-huquqlarini himoya qiliş va tiklaşga qaratilgan hamda öz vaqtida obektiv qarorlar qabul qiliş bilan boğliq samarali idoralararo tizimli faoliyatni yölga qöyiş bilan izohlanadi.
Tadbirda ta'kidlanişiça, Idoralararo işçi guruhning Iş rejasi tasdiqlangan. U 12 tadbirdan iborat bölib, quyidagilarga yönaltiriladi:
- fuqarolarning Özbekiston fuqaroligidan çiqiş böyiça arizalarini körib çiqiş amaliyotini jadallaştiriş;
- fuqarolarning xorijga çiqiş tartibini takomillaştiriş;
- fuqarolarning xorijda mehnat faoliyatini olib boriş uçun litsenziya oliş tartibini soddalaştiriş;
- xorijda jazo muddatini ötayotgan Özbekiston fuqarolarini Özbekiston penitentsiar muassasalariga ötkazişning huquqiy şaroitlarini yaratiş;
- Özbekiston fuqarolarining özlari borayotigan davlatlar töğrisidagi xabardorliklarini oşiriş;
- tezkor konsullik-huquqiy xizmat körsatiş maqsadida idoralararo elektron hamkorlik tizimini taşkil etiş.
















