Bir oy avval Xalqaro koinot stansiyasiga Dragon koinot kemasi yuk bölimida NASA agentligi va Hewlett-Packard kompaniyasi birgalikda yaratgan SpaceBourne superkompyuteri yetkazilgandi. Bu kompyuter koinotda uzoq vaqt yuklamalar va dasturiy nosozliklardan keyin özini qanday tutişini biliş uçun yaratilgan. Işlab çiquvçilar barçasi yaxşi bölişiga umid qilişgan, biroq ularda kompyuter XKSga parvozdan keyingi tebranişni kötara olişi borasida jiddiy xavotirlar bölgan. Ular hattoki kompyuter yoqilmasligini taxmin qilişgandi. Biroq kompyuter yuklamalarga doş berib, yoqilib, hanuzgaça işlamoqda.
XKSda superkompyuter paydo bölgunça kam quvvatli noutbuklargina bor edi, biroq endi fazogirlar tez işlovçi va aniqlanişiça, çidamli SpaceBourne’ni işlatiş imkonini oldilar. Avval murakkab hisob-kitoblarni amalga oşiriş uçun katta miqdordagi ma'lumotlarni Yerga jönatişga töğri kelgan. Yerda esa bu ma'lumotlar asosida hisob-kitoblar qilinib, söngra natijalar yana XKSga jönatilardi. Hozir esa bu masalani XKS bortining özida hal qiliş imkoni paydo böldi.
Tajribadan asosiy maqsad Oy va Marsga missiyalarga tayyorgarlik körişdan iborat. Bu missiyalar davomida eski qurilmalarni yangisiga almaştiriş imkoni bölmaydi. Şu sababli superkompyuter yana bir yil sinovdan ötkaziladi. U bu vaqt içida öçib qolmasdan işlaşi kerak. Agar tajriba muvaffaqiyatli keçsa, kompyuterni yaratişda qöllangan texnologiyalar yangi koinot superkompyuterlarini yaratişda asos qilib olinişi mumkin.

















