Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, kelgusi 5 yilda 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar jalb etiş rejalaştirilgan. Uşbu mablağlar hisobidan minglab sanoat va infratuzilma obektlari barpo etilib, yuqori daromadli yangi iş örinlari yaratiladi.
Aholi uçun qulay şart-şaroit yaratiş doirasida “Yangi Özbekiston” massivlari va boşqa hududlarda 800 mingdan ortiq xonadonli, energiya tejamkor köp qavatli uy-joylar qurilişi közda tutilgani qayd etildi. Bu nafaqat yangi turar joylar, balki zamonaviy infratuzilma, ijtimoiy obektlar va xizmatlar rivojini ham ta’minlaydi.
Şu bilan birga, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va “buyumlar interneti” (IoT) kabi yangi yönalişlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uçun jozibador muhit yaratiş maqsadida zamonaviy superkompyuter klasterlari va data-markazlar sonini köpaytiriş vazifasi qöyildi. Bu raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, işlab çiqarişda raqamlaştiriş va innovatsion servislarni jadal rivojlantirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Ayni paytda Saudiya Arabistonining “Data-volt” kompaniyasi 3 milliard dollarlik investitsiya hisobidan quvvati 500 megavatt bölgan yirik data-markaz quriş işlarini boşlagani ma’lum qilindi. Bunday keng kölamli raqamli infratuzilma loyihalari yurtimizdagi IT-tarmoq, autsorsing xizmatlari, ma’lumotlar saqlaş va qayta işlaş markazlarini rivojlantiriş uçun katta imkoniyatlar yaratadi.
Prezident ta’kidlaganidek, bunday sanoat, uy-joy va raqamli infratuzilma loyihalari amalga oşirilişi natijasida elektr energiyasiga bölgan talab va ehtiyoj kamida 1,5 barobarga oşadi. Şu bois, energetika quvvatlarini yanada kengaytiriş, “yaşil” energiya uluşini köpaytiriş va tarmoqlarni modernizatsiya qiliş böyiça rejalar izçil davom ettirilişi qayd etildi.
















