Mamlakatda bunday maşinalar soni uning texnologik va iqtisodiy salohiyati körsatkiçi bölib xizmat qiladi, şuningdek, ilğor ilmiy tadqiqotlar sohasidagi ustuvor yönalişlarni ham aks ettiradi.

Yangi infografika 2025 yil noyabr holatiga köra top-500 röyxati ma’lumotlariga asoslangan bölib, davlatlarni örnatilgan superkompyuterlar soni böyiça saralaydi.

AQŞ 171 ta tizim bilan reytingda işonçli ravişda yetakçilik qilmoqda. Bu ikkinçi örinni egallagan Yaponiyaga nisbatan tört baravar köp bölib, u yerda 43 ta superkompyuter mavjud. Keyingi örinlarda Xitoy va Germaniya joylaşgan — har ikki mamlakatda ham 40 tadan tizim bor.

Taqsimot yetakçilar tomonga yaqqol “oğişgan”: ilk uç mamlakat hissasiga qolgan 43 ta davlatning barçasi jamiga töğri keladigan superkompyuterlar sonidan ham köproq tizim töğri keladi. Jami hisobda 26 ta mamlakat beşta yoki undan kam tizimga ega, 11 ta mamlakatda esa atigi bittadan superkompyuter bor.

Qiziği şundaki, hududi jihatidan kiçik mamlakatlar ham har doim ortda qolavermaydi. Masalan, Singapurda beşta superkompyuter bor — bu Rossiya va Hindistondagi son bilan bir xil. Yaqinda Singapur hukumati Yangi superkompyuter markazini işga tuşirdi va şu orqali Janubi-Şarqiy Osiyoda sun’iy intellekt sohasida yetakçiga aylanişni maqsad qilgan.

Sun’iy intellekt rivojlanişi bilan superkompyuterlarga bölgan talab jadal ösmoqda, çunki uni öqitiş va işlatiş ulkan hisoblaş resurslarini talab qiladi — bu resurslarni oddiy kompyuterlar imkoniyatlari bilan soliştirib bölmaydi.

Superkompyuterlar turliça bölişi mumkin, ammo umuman olganda, ularning barçasi ulkan va murakkab ma’lumotlar massivlarini öta tez qayta işlaş uçun möljallangan. Şu tufayli ular soğliqni saqlaş, iqlimşunoslik va materialşunoslik kabi sohalarda qaror qabul qilişga yordam beradi. Aynan şuning uçun ham superkompyuterlar köpinça zamonaviy davrning eng muhim muammolarini hal etiş kaliti deb ataladi.

Şimoliy Yevropa mamlakatlari hamkorlik yölini tanlab, öz hisoblaş resurslaridan özaro foydalaniş imkonini yaratgan. Bu esa “ilmiy ustunlikni qöllab-quvvatlaş” va BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişga kömaklaşiş uçun xizmat qilmoqda.

Masalan, Finlandiyada joylaşgan va dunyodagi eng qudratli superkompyuterlar öntaligiga kiruvçi (töqqizinçi örin) LUMI superkompyuteri dastlab xalqaro loyiha sifatida yaratilgan. Uni Şimoliy Yevropa davlatlari va Estoniyani ham öz içiga olgan ön mamlakat konsorsiumi boşqaradi. Loyihaning maqsadi — resurslardan birgalikda foydalaniş va tadqiqotçilarning ilğor hisoblaş quvvatlari imkoniyatlarini kengaytiriş.