Rossiyadan aviakerosin yetkazib beriş töxtatilgani hamda Çimkent neftni qayta işlaş zavodi faoliyati töxtaşi munosabati bilan Qozoğiston respublikasiga doimiy aviaparvozlarni amalga oşiriş töxtaş arafasida qolmoqda. Air Astana aviakompaniyasi şunday bayonot bermoqda, deb xabar qilgan Tengrinews.kz.
Qayd etilişiça, aviayoqilği bilan boğliq vaziyat 2017 yili yomonlaşgan. Air Astana ma'lumotlariga köra, Qozoğistonga 2016 yili 44 ming tonna aviakerosin yetkazib berilgan bölsa, bu yil uning hajmi 15 ming tonnani ham taşkil etganiça yöq. Yetkazib beruvçilar buni Rossiya bozorida talab yuqori ekani bilan izohlaşgan.
Ayrim kompaniyalar neft mahsulotlari yetkazib berişni kelasi yil may oyidan avval boşlay olmasligini bildirmoqda. "2017 yili fuqaro aviatsiyasining aviakerosinga talabi 800 ming tonnani taşkil etgan, şundan 241 ming tonnasi Çimkent NQZda işlab çiqariladi. Biroq şu yil kuzidan u joriy ta'mirlaş işlarini ötkaziş maqsadida töxtaydi. Bu esa vaziyatni yanada çigallaştiradi", - deyiladi bayonotda. Unda ta'kidlanişiça, mamlakatdagi fuqaro aviatsiyasi bir neça yillar mobaynida 70 foizga xorijdan import qilinadigan yoqilğiga boğlanib qolgan.
"Rossiyadan aviayoqilği yetkazib berilişining töxtatilişi Qozoğiston respublikasiga keladigan va undan uçadigan aviaparvozlarni yonilği bilan ta'minlaş vazifasini xavf ostida qoldiradi.

















