Qozoğiston energetika vaziri örinbosari Asat Magauov Air Astana aviakompaniyasining mamlakatda aviakerosin taqçilligi yuz berişi mumkinligi haqida bayonotiga javob qaytardi. Aviakompaniya respublikadagi doimiy aviaparvozlar töxtab qolişi mumkinligi haqida bong urgan edi. Tengrinews.kz muxbirining vazirga tayangan holda yozişiça, Air Astana bu kabi şov-şuvli bayonotlar berişdan avval energetika vazirligi bilan maslahatlaşişi maqsadga muvofiq bölar edi. 

“Bundan taşqari, bizning ular bilan bevosita şartnomamiz bor. Ular bilan har qanday muammoni jonli tarzda muhokama qilamiz. Zavod faoliyatiga ta'sir qiladigan heç qanday kapital ta'mirlaş haqida söz borayotgani yöq. Bahorgi kapital ta'mirlaş çoğida barçasi modernizatsiya qilindi. Zavod K4 va K5 talablarini bajara oladi", - degan Magauov matbuot anjumanida. 

"Dala ekin işlari tamomlanganidan söng, Çimkent zavodidagi uskunalardan biri modernizatsiya qilinadi. Dizel yoqilğisini gidrotozalaş qurilmasi örnatiladi. Ammo bu aviakerosin va benzin işlab çiqariş jarayoniga ta'sir etmaydi", - deb qöşimça qilgan vazir örinbosari. Uning ta'kidlaşiça, energetika vazirligi respublikadagi neft mahsulotlari bilan boğliq vaziyatni ijobiy deb baholamoqda.