Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 17 iyulida qabul qilingan №527-sonli qarori asosida qonunçilikka ayrim özgartirişlar kiritildi hamda doimiy röyxatda bölmaganlar, şuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga ham Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk sotib oliş imkoniyati berildi.
Mazkur qaror kuçga kirgandan buyon bugunga qadar Golden House yetakçi kompaniyasining yangi qurilgan uylaridan 43 ta oila qulay kvartiralar xarid qilişdi.
Birlamçi köçmas mulkka talab ikki barobarga oşgan va bu holat kompaniyaning savdosiga ijobiy ta'sir ötkazib, turarjoy majmualarida hali sotilmagan yangi kvartiralar soni tobora kamayib bormoqda.
Eslatib ötiş joizki, yangi turarjoylarda poytaxt hududida doimiy propiskaga ega bölmagan jismoniy şaxslar tomonidan xarid qilinadigan kvartiralar uçun tölov eng kam oylik iş haqining 2500 baravaridan kam bölmagan miqdorda bölişi (xorijliklarga 150 ming AQŞ dollari), hisob-kitoblar esa bank hisobvaraqlari orqali amalga oşirilişi belgilab qöyilgan.

Yuqorida körsatilgan summadan yuqori bahoda yangi uy xarid qilgan respublikaning boşqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bölgan jismoniy şaxslar, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga poytaxtda turarjoyga ega böliş bilan bir qatorda Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskadan ötiş imkoniyati ham taqdim etiladi.

Bunda köçmas mol-mulkni oldi-sotdi şartnomalarini tasdiqlaganlik uçun Özbekiston fuqarolari uçun şartnoma summasining 5 foizi miqdorida, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga esa şartnoma summasining 10 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Kompaniya izohi
Köpçilik bugungi kunda doimiy propiskani yangi turarjoyni qurgan quruvçi kompaniya beradi, degan xato fikrda, biroq bu bosqiç içki işlar organlari zimmasiga ötadi va u notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi şartnomasiga köra Toşkent şahri va viloyatida doimiy propiskaga qöyişni rasmiylaştiriş böyiça faoliyatni amalga oşiradi.

















