Özbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni arafasida Maktabgaça ta'lim vazirligi taşkil etilgani haqida xabar berilgani, ta'lim sohasida olib borilayotgan yana bitta katta islohotning amaliy qadamidan darak beradi. Şunday qilib yangi ta'lim vazirligining oldiga bir qator muhim vazifalar qöyilmoqda, xususan:

birinçidan, maktabgaça ta'lim sohasida muvofiqlaştirilgan yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va uni amalga tatbiq etiş;

ikkinçidan, xalqaro tajribani çuqur örganib, maktabgaça ta'lim yoşida bölgan bolalarning jismoniy va estetik ulğayişi, har tomonlama intellektual axloqiy rivojlanişi uçun keng şaroitlarni yaratiş;

uçinçidan, respublika böylab bosqiçma-bosqiç taşkil etiladigan, özaro raqobatda bölgan davlat va nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalariga turli imtiyozlarni taqdim etiş, soliqlardan qisman ozod etiş, taşkil etilgan muassasalar hisobiga bolalarni MTMlarga jalb etib borişni taşkillaştiriş;

törtinçidan, amaliyotda zamonaviy öquv-pedagogik texnologiyalardan foydalaniş; muassasalarda tarbiya va öquv jarayonlarini innovatsion metodlar asosida olib boriş;

beşinçidan, maktabgaça ta'lim muassasalarini öquv-metodik, didaktik materiallar, öquv ahamiyatiga ega öyinçoq va şu turdagi buyumlar bilan ta'minlaş, şuningdek, badiiy adabiyotliklarni yetkazib beriş;

oltinçidan, maktabgaça ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar hamda rahbarlarning malakasini oşiriş, ularni kasbga qayta tayyorlaş;

yettinçidan, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni moddiy rağbatlantiriş dasturini işlab çiqiş hamda vazirlikka yangi, malakali xodimlarni işga jalb etiş;

sakkizinçidan, me'yor talablariga mos keluvçi sinfxonalarni taşkil etiş, tarbiyalanuvçilar ehtiyoji töliq qondiruvçi şaroitlarni yaratiş, soğlom ovqatlaniş dasturini qayta körib çiqiş hamda ularga tibbiy yordam körsatiş xizmatini yangi bosqiçga olib çiqiş kabi masalalar ilgari surilmoqda.

Qarorda aytilişiça, mazkur vazirlik barça şartnoma, munosabat va sohaga doir masalalar böyiça Xalq ta'limi vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi. Aholi yaşaş joylarida talab va taklif munosabatlarini örganib çiqib, kelgusida butun Özbekiston böylab, maktabgaça ta'lim yoşida bölgan bolalarni ta'lim muassasalariga jalb etiş maqsadida, 60, 70, 100, 120 va 150 örinli davlat hamda nodavlat MTM qurilişi rejalaştirilgan.