Rokfeller, Kleyson, Remsi va Kiyosaki öz muvaffaqiyatlari haqida birgina kitob yoziş bilan kifoyalanişmagan. Lekin ularning jamiki donoligi bir neça iqtiboslarda mujassam, deb yozadi Insider.Pro.

Xullas, siz dağal jasorat timsolisiz. Maşinangiz moyini özingiz almaştirasiz, xavfli ustarada soqol olasiz, sportzalda 200 kilolab toş kötarasiz. Ha, siz zörsiz! Lekin, nima bölganda ham, moliyaviy holatingiz haminqadar ekan, aslo haqiqiy maço sanalmaysiz.

Moliyaviy rejalar haqida gap ketganda juda köpçilik öziga-özi: «bu haqda ertaga öylab köraman», deydi. Ba'zilarga rejalaştiriş jarayonining özi murakkab körinsa, boşqalar blog, kitob va özgalarning fikrini titib körişga erinadi. Boz ustiga, moliyaviy «ekspertlar» soni şu qadar köpki, şolini kurmakdan ajratib oliş ham duşvor.

Lekin mustahkam moliyaviy baza yaratiş törtta oddiy va samarali qadamdan iborat. Boylik tomon yöl juda uzoq bölişi mumkin esa-da, bugunning özida amalga oşirişingiz mumkin bölgan bir neça jihat bor. Bu şunçaki quruq gap emas! Quyida moliya olamidagi eng hurmatli kişilar: Jon Rokfeller, Jorj Kleyson, Deyv Remsi va Robert Kiyosakidan tört maslahat berilmoqda. Ularning tavsiyalariga quloq tuting — va pul borasidagi bilimdan boxabar böling.

Byudjyetni oqilona rejalaştiring, heç qanday dollar bekorga sarflanmasin (Jon Rokfeller)

Asoslardan boşlaylik. Qay tomon harakat qilişga qaror qilişingizdan avval, qayerda ekanligingizni aniqlaştirib oliş zarur. Bunga Jon Rokfellerning ötmişi eng yaxşi misol bölib xizmat qila oladi, u kamtarona imkoniyatlar bilan boşlab, jahonning eng boy insoniga aylangan.

Ösmirlik çoğlaridan Rokfellerning yonida şaxsiy hisob-kitob daftarçasi bölgan. U har bir topgan, xarj qilgan, xayriya yoki sarmoya sifatida kiritgan dollarini yozib borgan. Buxgalteriya uning hayot tarziga aylangan, hattoki millionlab dollar işlab topa boşlaganidan keyin ham u moliyaviy bitiklarini yozib borişni bas qilmagan. Beşinçi avenyudagi baptistlar oldida çiqiş qilar ekan, u şunday degan:

«Endi menga kiçik bir maslahat berişga ijozat bersalaringiz. Buxgalteriya daftarlarini xuddi mendek yuritinglar. Daromadlaringizni yozib boringlar, xarajatlaringizni yozib yurişdan uyalmanglar. Bu sizga mablağlarni yiğişga yordam beradi, bunga esa örganiş kerak böladi».