Bolaligimda dala-qirga saylga çiqqanimizda issiqda inidan yarmi çiqib turgan köplab toşbaqalarga duç kelar, ularni uşlamoqçi bölganimizda dadam rahmatli “Toşbaqaga teginma, u juda xosiyatli, ammo inidan uzoqqa olib ketsang özining va bolalarining uvoliga qolasan” deb koyirdilar. Aynan jonivorlarga tegmaslik, ularga mehr körsatiş, har bir öt-ölan, tirik jonzotning uvoliga qolişdan qörqiş bir umr qalbimda muhrlanib qolgan bölsa ajab emas. Joriy yilda Navoiy viloyatining Xatirçi tumaniga qilgan safarimda qir-adirlarda deyarli toşbaqa uçratmadim. Hayron bölib, hamrohimiz Berdiqul Umarovga yuzlanganimizda, “toşbaqalar hozir yaxşigina biznesga aylanganini, ularni uzoq-yaqindan kelgan “tadbirkorlar” terib ketayotganini” aytdi. Nahotki kelajakda farzandlarimiz toşbaqalarni faqatgina hayvonot boğlari-yu, ertak kitoblardagi suratlar orqali körsa?
- Özbekistonda daşt toşbaqasi eksport qilişga ruxsat etilgan jonivorlardan biri hisoblanadi, deydi Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ösimlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining katta ilmiy xodimi, biologik fanlar nomzodi Emiliya Vaşetko. - Toşbaqalarni AQŞ, Yevropa, Yaponiyaning zoodökonlari hamda restoranlari xarid qilişadi. Aytiş joizki, ma'lum kattalikdagi jonivorlar tutilib eksportga olib çiqiladi, inlaridagi tuxumlar yiğib ketiladi. Asosan Navoiy, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qaşqadaryo viloyatlari hududlaridagi köplab toşbaqalar terib ketilmoqda. Markaziy Osiyoning boşqa respublikalarida toşbaqalar soni keskin kamaygani sababli Qozoğiston 2003, Tojikiston 2009 yildan ularning eksportini taqiqlangan. Özbekistonda esa bu jarayon hanuz davom etmoqda. Masalan, 2000 yilda 3500 ta toşbaqa taşqariga olib çiqib ketilgan bölsa, 2015 yilda ularning soni 50 mingtaga yetdi.
Şuningdek, pitomniklarda östiriladigan toşbaqalar eksporti esa 2003 yilda 5 mingta, 2015 yilda 45 ming donani taşkil etdi. Eng yomoni, yuqorida qayd etilganidek, ma'lum kiçikrok hajmdagi toşbaqalar eksportga yönaltiriladi. Erkak toşbaqalarning hajmi urğoçisinikidan kiçikroq bölganligi sababli, qonuniy va noqonuniy savdo töriga aynan ular tuşadi. Oqibatda faqatgina urğoçi toşbaqalarning qolişi ularning keskin kamayiga sabab böldi. “Quş bozorlari”da tabiat qöynidan noqonuniy terib kelinib sotayotgan “tijoratçi”larga ham keskin çoralar köriş vaqti yetdi. Çunki jonivorlarning köpçiligi yoş bolalar ovunçoğiga aylanib, notöğri boqilişi oqibatida halok böladi. Ayni paytda Örta Osiyo toşbaqasini Özbekiston Qizil Kitobiga zudlik bilan kiritib, uning eksportini taqiqlaş, toşbaqalarni yaşaş hududlari brakonerlardan muhofaza qiliş zarur. Buning uçun hozir harakat qilmoqdamiz. Şuningdek, jonivor Yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo töğrisidagi Konventsiyaning ikkinçi ilovasiga va xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining Qizil röyxatiga yöqolib borayotgan hayvon turi sifatida kiritilgan,












