Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi №809-qarori bilan Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalaridagi harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalari haqidagi Nizom tasdiqlandi, deb yozadi Norma.uz.
Öquv bölinmalari — oliy öquv yurtlarining zaxira va rezerv zobitlari tayyorlanadigan sikllari va kurslari, harbiy kafedralari, harbiy öquv fakultetlaridir. Harbiy tayyorgarlikni kunduzgi bölimda öqiydigan yigit talabalar, şuningdek, tibbiyot oliy öquv yurtlarining jinsidan qat'i nazar barça talabalari (öqiyotgan ayollar jami talabalar sonining 10 foizidan oşmasligi kerak) ötaşadi.
Harbiy tayyorgarlikni rektorning şu xususdagi böyruği e'lon qilingan kuni 27 yoşdan kiçik bölgan, salomatligi nuqtai nazaridan soğlom, tanlovdan ötgan talabalar ötaşadi.

Harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalariga talabalarni tanlov asosida tanlab olişning asosiy mezonlari quyidagiça:
1. Tibbiy tekşiruvdan ötiş. Harbiy öquv fakulteti (harbiy kafedra) boşliğining talabnomasiga köra, OÖYuning joylaşgan hududidagi mudofaa işlari boşqarmasi (bölimi) tibbiyot komissiyasi tomonidan ötkaziladi.
2. Individual-psixologik örganiş. Talabalarning mudofaa vazirligi psixolog-mutaxassislari tomonidan psixologik testdan ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi va uning natijasiga köra quyidagi xulosalardan biri çiqariladi:
«harbiy tayyorgarlik öquv bölinmasida öqitiş uçun tavsiya etiladi»;
«harbiy tayyorgarlik öquv bölinmasida öqitiş uçun tavsiya etilmaydi»;
3. OÖYuda öqiş mobaynida olingan bilimlarni baholaş natijalari. Harbiy tayyorgarlik öquv bölinmasida öqitişdan avval öqiş mobaynida olingan ballarni qöşiş natijasida yiğiladi;
4. Umumjismoniy tayyorgarlikni baholaş. Mudofaa vazirligi mutaxassislari tomonidan ötkaziladi. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi örnatilgan talablarga köra baholanadi. Jismoniy tayyorgarlik talablariga javob bera olmagan talabalar tanlovning keyingi tadbirlariga qöyilmaydi;
















