Shu yilning 2-12 oktabr kunlari BMTning din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid O‘zbekiston hukumati taklifi bilan respublikaga tashrif buyurib, qator viloyat va shaharlarda bo‘lgan, hukumat rasmiylari, turli jamoat tashkilotlari, NTT vakillari hamda oddiy fuqarolar bilan uchrashgan edi. U o‘z tashrifi yakuniga doir dastlabki xulosalarida O‘zbekistonda din va e'tiqod erkinliklarini ta'minlashdagi yutuq va kamchiliklarni e'lon qildi. 

Uning hisobotidan dastlabki qismlari avvalgi xabarlarimizda berilgan edi. 

Din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachining dastlabki xulosalari e'lon qilindi

Ahmad Shahid: Din ishlarida cheklovlar mavjudligi bolalarga diniy qadriyatlarni ta'lim berishda to‘sqinlik qilmoqda

Mazkur hisobot davomida O‘zbekistonning «Vijdon erkinliigi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonuniga doir fikrlari va xulosalarini bildirgan. Qonunga ko‘ra, diniy tashkilot yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, o‘z faoliyatini boshlashi mumkinligi belgilangan. Hujjat diniy ta'lim muassasalari Adliya vazirligida tegishli ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan litsenziyani olgach faoliyat yuritishga ruxsat olishini qayd etadi. Bundan tashqari, diniy ta'lim beruvchi shaxs diniy ta'limga ega bo‘lishi va o‘z faoliyatini faqat diniy boshqarma, markaz ruxsati bilan amalga oshirishi mumkinligi ta'kidlangan. 

Bu holatlar har qanday din yoki e'tiqod amallarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan jamiyatda bajarishni noqonuniy qilib qo‘yadi. Ammo, ko‘plab diniy guruhlar ro‘yxatdan o‘tish uchun ayrim talablarni bajara olmaydi. Masalan, respublika darajasida ro‘yxatdan o‘tish uchun mamlakatning kamida 8 ta viloyatida vakolatxonasi bo‘lishi yoki kamida 100 nafar a'zosi nomidan ariza topshirish kabi shartlarni bajara olmaydi. Bundan tashqari, murojaat qiluvchi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va mahalla qo‘mitalarining roziligini ham olishi kerak. Shu bilan diniy kamchilik guruhlari ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda va oqibatda ularning jamiyatdagi faoliyati jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
 
Xalqaro qonunchilik me'yorlariga muvofiq, o‘z diniy ishonchi yoki e'tiqodini yakka tartibda yoki jamoatchilik qarshisida oshkor qilishi yoxud xufyona saqlash huquqi uni davlat miqyosida tan olishdan kelib chiqmaydi. Balki u shaxsning ajralmas huquqi bo‘lib, davlat tomonidan e'tirof etilishi shart hisoblanmaydi. Ammo O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tish shunday jarayonki, u o‘z uyidan tashqarida bo‘lgan joylarda din yoki e'tiqod amallarini bajarish huquqini ta'minlaydi. Aslida ro‘yxatdaan o‘tish jarayoni va u bilan bog‘liq jarayonlar diniy guruh faoliyatini sertifikatlashtirilgan xonalarda cheklash, ushbu din faoliyatini tekshirish bilan uning ichki ishlarini boshqarishga urinishdek ko‘rinadi.