Hindistonda Business Central Asia jurnalining Özbekistonga bağişlangan maxsus soni naşrdan çiqdi.

«Jahon» AA saytida uşbu maxsus son haqida yozildi. Jurnaldan mustaqillik yillarida mamlakatning erişgan yutuqlari va bugungi rivojlaniş jarayoni haqida hikoya qiluvçi axborot materiallari joy oldi.
Misol uçun, «Mustaqil mamlakatning buyuk bayrami» maqolasida Özbekistonning davlat va jamiyat qurilişidagi yutuqlari, birinçi prezident Islom Karimovning suveren mamlakat şakllanişi va ötiş davri qiyinçiliklarini bartaraf etişdagi tarixiy roli ta'riflanadi.
Özbekistonda prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida hozirgi vaqtda, demokratik va sud-huquq islohotlarni çuqurlaştiriş, iqtisodiyotni yanada liberallaştiriş va modernizatsiya qiliş, davlat boşqaruvi tizmini takomillaştiriş, jamiyatni tubdan yangilaş böyiça islohotlarning yangi bosqiçi boşlangani ta'kidlanadi.
Alohida materiallar Özbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi va «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturiga bağişlangan. Naşr ularni amalga oşiriş böyiça olib borilayotgan işlar töğrisida batafsil ma'lumot beradi.
Jurnalning maxsus soni, şuningdek, Özbekistonda valyuta va soliq rejimlarini isloh qiliş böyiça qabul qilinayotgan çora-tadbirlar töğrisida bir qator maqolalarni öz içiga oladi.
Business Central Asia mualliflari Özbekistondagi dinlararo muloqot, millatlararo tinçlik va köp millatli mamlakatdagi totuvlik mavzusini e'tiborsiz qoldirmadi.
«Markaziy Osiyo - Özbekiston taşqi siyosatining asosiy ustuvor yönalişi» sarlavhali maqolada mamlakatning yangi rahbariyati mintaqa davlatlari bilan yaxşi qöşniçilik va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga ustuvor ahamiyat qaratayotgani ta'kidlanadi. Şu nuqtai nazardan, joriy yilning noyabr oyida Samarqandda bölib ötadigan Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqaror rivojlaniş masalalari böyiça xalqaro konferensiya haqida xabar beriladi.

Bundan taşqari, naşrda «Şarq taronalari» XI Xalqaro musiqa festivali yakunlari, «Jahon sivilizatsiyasi tarixida Markaziy Osiyo Renessansi» anjumani haqida ham ma'lumot berildi.












