Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi boshlig‘i korrupsiyada ayblanmoqda
Braziliyaning Milliy Olimpiya qo‘mitasining sobiq raisi, 2016 yilgi Olimpiadaning tashkiliy qo‘mitasi boshlig‘i bo‘lgan Karlos Artur Nuzman korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda O Globo telekanali xabar bermoqda.
Bundan tashqari, shaharning sobiq gubernatori Serjio Kabral, tadbirkor Artur Soares, 2016 yilgi Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining sobiq amaldori Leonardo Griner, Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasining marketing bo‘yicha sobiq maslahatchisi Papa Massata Diak va uning otasi Lamin Diakga Rio-de-Janeyroning Olimpiada poytaxti etib saylanishi vaqtida amalga oshirilgan korrupsiya va firibgarlik ayblovi qo‘yildi.
Nuzman 5 oktabrda "Nohalol o‘yin" operatsiyasi doirasida hibsga olingan. 9 oy avval boshlangan ishning tergovi Braziliya tomondan Fransiya hamda Antigua va Barbuda hukumatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Nuzman Rio-de-Janeyroning Olimpiada poytaxti etib saylanishi uchun 2 mln dollar pora berganlikda gumon qilinmoqda. Keyinroq unda 16 ta oltin yombisi topilgan. Nuzman ular qayerdan paydo bo‘lganiga javob bera olmagan va shundan keyin o‘z lavozimidan ketgan.
Rio-de-Janeyrodagi 31 yozgi Olimpiada 2015 yil 5-21 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan. Bu o‘yinlar Janubiy Amerikada o‘tkazilgan ilk Olimpiada bo‘lgan. Rio-de-Janeyro ovoz berishning final bosqichida 66:32 ovozlar nisbatida boshlang‘ich bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan Madridni ortda qoldirgan.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026