Ispaniyaning El Mundo Deportivo naşrida yozilişiça, 17 oktabr kuni Madridda bölib ötgan «Real» – «Tottenhem» öyiniga «Barselona» klubi sport direktori Robert Fernandes ham taşrif buyurgan.
Manbaning aytişiça, kataloniyaliklar «Tottenhem»ning ikki futbolçisi bilan jiddiy qiziqib qolgan, aynan şuning uçun öyinga sport direktori jönatilgan. Bu futbolçilar Kristian Eriksen va Harri Keyndir.
Ma'lumki, Harri Keynga Ispaniyaning boşqa grandi «Real» klubi ham jiddiy qiziqiş bildirmoqda. Hatto Keyn uçun Garet Beylni «Tottenhem»ga qaytariş imkoniyatlari körib çiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

















