Şu kunlarda Özbekiston yirik islomiy xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilmoqda. “Islom hamjihatligi: Özbekiston va Ozarbayjon misolida” nomli anjuman iştirokçilari Özbekistonning diqqatga sazovor joylari, masjid, madrasalarni ziyorat qilmoqdalar.  

Foto: vakillik.uz

Martabali mehmonlar 19 oktabr kuni Toşkent şahrining yana bir muazzam majmuasi “Minor” jome masjidiga taşrif buyurdilar. Bu yerda martabali mehmonlarni kutib olgan Toşkent şahar boş imom xatibi Anvar qori Tursunov masjid Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti, mustaqillik asosçisi, barça sohalarda yurt taraqqiyotini ta'minlagan Islom Karimovning bevosita amaliy ğoya va taşabbuslari bilan bunyod etilgani, jomening quriliş jarayoni, undagi şarqona va milliy bezak işlari doimo u kişining e'tiborlarida bölgan haqida sözlab berdi. 

Şundan söng, mehmonlar masjidda Peşin namozini ado etişdi. Yurtimizdagi masjid va madrasalar körki, ulardagi ahil jamoat fayziga yuksak baho bergan ulamolar qöşni mamlakatlarning ezgulik va ma'rifat yölidagi aloqalari doimo mustahkam bölişini tilab duolar qildilar.

Foto: vakillik.uz
Foto: vakillik.uz
Foto: vakillik.uz
Foto: vakillik.uz
Foto: vakillik.uz
Foto: vakillik.uz