Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari böyiça Qömitasi raisi Alişer Kurmanov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi stafferlar - AQŞ Senati va Vakillar Palatasi ijro apparatlari, şuningdek, AQŞ Kongressining tegişli muhim qömitalari mas'ul xodimlari bilan uçraşuv ötkazdi. 

Özbekiston TIV matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, tomonlar Özbekiston-Amerika munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşişgan.

AQŞ tomoniga Özbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasining amalga oşirilişi jarayoni va iqtisodiyot hamda sanoat rivoji sohasida ötkazilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uçun keng imkoniyatlar yaratiş böyiça olib borilayotgan işlar haqida ma'lumot berildi.

Ta'kidlandiki, Özbekistonda 14 ta erkin iqtisodiy zona yaratildi, u yerda 469 million dollarlik 62 loyiha amalga oşirildi.

Iştirokçilar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning AQŞga sentabr oyida amalga oşirgan taşrifi yakunlari, Nyu-York şahrida ötkazilgan biznes-forum doirasida yetakçi xorijiy kompaniyalar bilan erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qilişdi.

Tomonlar Kongressdagi muhim qömitalardan bölgan va AQŞ taşqi siyosatining Markaziy Osiyo kun tartibini şakllantirişda faol iştirok etuvçi kongressmenlar hamda senatorlarning Özbekistonga taşrifini taşkillaştiriş istiqbollarini körib çiqişdi.

Muloqotda tomonlar BMTning din erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahidning Özbekistonga yaqinda amalga oşirgan taşrifi yakunlarini körib çiqişdi.