Forbes jurnalining 100 yilligi munosabati bilan eng ekssentrik milliarderlardan biri, Virgin Group xoldingi rahbari Riçard Brenson tavakkalçiliklari haqida esse yozişga qaror qildi. Uning fikrlari bilan qisqaça quyida tanişişingiz mumkin.
“Menimça, uşbu loyihada iştirok etayotgan tadbirkorlar orasida faqat men kompaniyalarim haqida ma'lum qiliş uçun eng ahmoqona va aqlni şoşiradigan işlarni qilgan bölsam kerak. Ba'zan bu yordam beradi, ba'zan esa yöq.
Virgin America kompaniyami iş boşlaganida Nyu York-Las Vegas şaharlari örtasida reysni yölga qöydi. Mening xodimlarim meni Palms mehmonxonasiga olib borişdi va eng baland qavatdan hovuzga sakraşim kerakligini aytişdi. Men rezina arqonga boğlangan holda sakraşim kerak edi.
Bu ğoya menga yoqdi: soatiga 80 km tezlikda şamol esar edi. Ammo men pastga şönğir ekanman, binoni devoriga ham urildim va şimim ham biroz yeçildi. Oyoğimdan qon oqar edi. Men şu körinişda tantanali keçada namoyon böldim.

Virgin obrösi mening şaxsiyatim bilan juda ham boğliqdir. Şu boisdan ham kompaniyaga zarar keltirmaslik uçun men juda ehtiyotkor bölişim kerak. Biroq bu tavakkalçilik qilmaslikni anglatmaydi. Bizning kompaniyalar guruhi kengayib borar ekan, tavakkalçiliklar hajmi ham ortib boraveradi.
Bizning asosiy investitsiya yönalişlarimizdan biri fazoviy parvozlarni taklif etuvçi kompaniyalar böldi. Biz ularga 1 mlrd dollardan ortiq mablağ kiritdik.
Biz hammamiz hayotimiz davomida doim tavakkal qilamiz, bular yaqinlarimiz bilan munosabaitlarda yoki işbilarmon hamkorlarimiz bilan bölgan aloqalarda közga taşlanadi. Ba'zida boşimizni toşdevorga uramiz, lekin insonlar qandaydir yangi narsalarni sinab körmoqçi bölib, omadsizlikka duçor bölganlarga nisbatan ğarazliklari yöq”, - deb yozadi Brenson.













