Barçamiz dam oliş kunlarini intizorlik bilan kutamiz. Ularni qanday ötkazişimiz bizning naqadar muvaffaqiyatli ekanimizdan dalolat berişi mumkin.
1. Ular reja tuzişmaydi
Dam oliş kunlarini daqiqama-daqiqa rejalaştirib bölmaydi, bu kunlari nimalar bilan şuğullanmoqçi ekaningizni taxminan tassavvur qilişning özi yetarli. Şunda siz öz vaqtingizni tejaysiz va qiziqarli narsalarni ötkazib yubormaysiz.

2. Ular yaqinlari uçun vaqt topa olişmaydi
Serşovqin hafta davomida döstlar va yaqinlar uçun vaqt topiş qiyin. Dam oliş kunlari bu "böşliq"ni töldirişga harakat qiling.
3. Ular texnologiyalardan dam olişmaydi
Telefonni çetga suring, işçi poçtangizdan çiqing. Hamkasblaringizga dam oliş kunlari poçtaga javob bermasligingizni oldindan aytib qöying.

4. Ular dam oliş kunlaridan zavq olişmaydi
Qanday reja qilmang, u xoh uyda dam oliş, xoh döstlar davrasida bölsin, özingizga zavq bağişlaydigan işlar bilan şuğullaning.
5. Ular köp uxlaşadi
Hafta davomida çarçagan bölişingiz mumkin. Biroq qanday bölmasin, dam oliş kunlarini faqat uxlaş bilan ötkaziş uyqu rejimini buzadi va kelayotgan haftada özingizni yomon his qilişingizga sabab böladi.

6. Ular köp pul sarflaşadi
Albatta, ba'zan odam özini özi xursand qilgisi keladi. Biroq agar iş kunlari özingizni çeklab, dam oliş kunlari har nimaga pul sarflayversangiz, pul tejay olmaysiz, zavq ham olmaysiz. Köngil yozişning nisbatan arzonroq yöllarini izlang, uyda biror nima bilan şuğullaning yoki bepul tadbirga boring.

















