Gretsiyaning yetakçi jurnalistlari kasaba uyuşmalari mamlakat böylab OAVning ikki kunlik zabastovkasi haqida e'lon qildi – iş taşlaş mahalliy vaqt bilan 24 oktabr kuni, seşanba kuni soat 06.00dan 26 oktabr, payşanba kuni soat 06.00ga qadar davom etadi.
Zabastovka töğrisidagi bayonotni Afina kundalik naşrlari jurnalistlari ittifoqi, davriy elektron bosma naşrlar jurnalistlari ittifoqi, Salonika, Makedoniya va Frakiyadagi jurnalistlar kasaba uyuşmalari imzolagan.
Zabastovka OAV xodimlari qöşimça pensiya va tibbiy yordam olişini ta'minlaydigan EDOEAP ni saqlab qoliş maqsadida uyuştirilmoqda.
Jurnalistlar qöşimça ijtimoiy yordam tizimi saqlab qolinişi, mehnat va ijtimoiy huquqlari buzilişi töxtatilişini talab qilişmoqda. Ular şuningdek, naşrlar erkinligini talab qilib çiqişgan.
Ikki kunlik iş taşlaş davomida radio va televideniyeda yangiliklar berilmaydi, şuningdek, köplab yangiliklar saytlari faoliyat yuritmaydi.
Zabastovka mamlakat boş vaziri Aleksis Tsipras Gretsiya şimolidgi Epir şahrida bölib turgan kunda e'lon qilindi. Hukumat rahbari bu yerda hududiy konferensiyada çiqiş qiladi.
Qayd etiş kerakki, bu gretsiyalik jurnalistlarning bir oy içida uçinçi marta zabastovka uyuştirişidir.

















