Rossiyalik teleboşlovçi Kseniya Sobçakning prezidentlik saylovlariga öz nomzodini qöyişi haqida e'lon qilganidan söng ötkazgan birinçi matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, uning eng asosiy maqsadi – saylovlarning hozirgi tizimini sindiriş. Uning sözlariga köra, ular «yuqori byudjyetli şou»dir. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
«Men hozir nima yuz berayotganini yaxşi tuşunib turibman, - bu saylovlar emas, bu saylovlarga öxşaş narsa. Biz hozir körayotgan narsa, - bu köproq qandaydir yuqori byudjyetli şoudir. Şu bilan birga, men professional sifatida aytişim mumkinki – u juda past sifatga ega», - dedi Sobçak.
Sobçakning aniqlik kiritişiça, uzoq yillar davomida şou-biznesda işlagan hamda uning qonunlarini tuşunadi. «Mening vazifam – bu şouni töntarib taşlaş. Mening vazifam – özimning öyin qoidalarimni örnatiş», - deya aniqlik kiritdi u. Sobçakning qöşimça qilişiça, rejalaştirilayotgan prezidentlik saylovlari «haqiqiy umumxalq referendumiga aylanişi, unda «hammaga qarşi» bandi juda köp insonlarni töplaş böyiça öziga xos nuqta bölişi» lozim.
Sobçak jurnalistlarga özining saylov ştabi rahbarini taniştirdi. Bu lavozimni jurnalist va siyosatşunos Igor Malaşenko egalladi. U oligarx Vladimir Gusinskiy NTV egasi bölganida, telekanal rahbarlaridan biri edi.













