95 yil oldin fizik olim Albert Eynşteynning hayot hamda baxt haqidagi fikrlarini umumlaştirgan ikkita yozuvi Isroildagi kim oşdi savdosida sotiladi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Naşrning yozişiça, 1922 yilda fotoelektr effekti va fizika oldidagi boşqa xizmatlari uçun Nobel mukofotini olganidan söng, Eynşteyn Yaponiyaga ma'ruza öqiş uçun jönab ketgan. Imperial Hotel Tokyo mehmonxonasidagi xonasiga poçtaçi kelganida, olimda çoyçaqa beriş imkoni bölmagan. Buning örniga, fizik ikkita qisqa yozuv berib, kelajakda ular qimmat narxga ega bölişini aytgan.

Ulardan biri mehmonxonaning rasmiy blankasiga yozilgan. Unda şunday deyiladi: «Soğlom va kamtar hayot doimiy taşviş bilan keçadigan muvaffaqiyatga erişişga intilişdan köra köproq baxtni keltiradi». Eynşteyn toza qoğozga esa şunday deb yozgan edi: «Qayerda iroda bölsa, imkoniyat ham topiladi». Har ikkala ibora tagida ham olimning imzosi va sana qöyilgan.

Yozuvlar al-Qudusdagi Vinner auksion uyi tomonidan savdolarga qöyildi. Birinçi yozuv narxi ikki ming, ikkinçisi esa – ming dollardan boşlandi. Yangilik yozilayotgan vaqtda yozuvlar narxi mos ravişda 34 va 15 ming dollargaça kötarildi.