Ayol - muqaddas zot, şu sabab u töğrisida biron-bir salbiy sözni aytişga insonning tili bormaydi. Ona, nafaqat farzandlarni dunyoga keltirişi bilan, balki ularni tarbiyalab, komil inson qilib voyaga yetkazişi bilan ham kelajak davomçisi sifatida e'tirof etiladi. Afsuski, gohida ayrim ayollarning qilmişlari töğrisida eşitganingda, hayratdan yoqa uşlaysan.

Xorazm viloyati IIBning xabar berişiça, Şovot tumanida yaşovçi, 1965 yilda tuğilgan Ş.I. tez-tez bozorga tuşib turadi, “Nima bozorga tuşsa tuşar, u-bu xarid qilmoqçidir”, - dersiz. Yöq u bozordagi savdogarlarning közini şamğalat qilib, rastada turgan sotiladigan mollarni öğirlaş payida böladi. Ana şunday qiliği sabab, 2012 yilda sudning “qora kursi”siga ötirgan bölsada, bundan öziga xulosa çiqarmasdan, eski hunarini qömsab, 2017 yilning 17 oktabr kuni Urganç şahrida joylaşgan savdo majmuasidagi  rastalarni oralab qoldi. 

Ayançlisi şundaki, bu safar u özining jirkanç işiga 1995 yilda tuğilgan qizini ham jalb qildi. Oldindan jinoiy til biriktirib olgan ona-bolaning birisi sotuvçini çalğitib turib, ikkinçisi rastada turgan narxi 600.000 sömlik matoni öğirlab ketayotganida uşlandilar.

Xalqimiz “Onasini kör - qizini ol”, deb bejiz aytmagan şekilli.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.