Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi Rossiya, Yevropa va AQŞ oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqiçida tahsil oliş uçun Fond grantlarini taqdim etiş böyiça tanlov e'lon qiladi.
Tanlovda Özbekistonda hamda çet el oliy öquv yurtining oxirgi bosqiçida öqiyotgan yoki muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni mukammal özlaştirgan iqtidorli va iste'dodli yigit-qizlar iştirok etişi mumkin.
Buning uçun nomzod Tabiiy fanlar (qayta tiklanuvçi energiya manbalari, kimyo) Suv va yer resurslarini boşqariş, Maşinasozlik texnologiyalari, Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyalari, Oziq-ovqat işlab çiqariş va marketingi, Arxitektura (şaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etiş va qayta tiklaş), Dizayn (mahsulot dizayni, san'at va me'morçilik dizayni), Rassomlik mutaxassisligi böyiça ta'lim olgan (yoki ayni paytda öqişni tamomlayotgan) bölişi şart.
Fond grantini qölga kiritişni istagan nomzodlarga qöyiladigan asosiy talablar:
- faoliyatini milliy istiqlol ğoyalariga bağişlaş;
- Vatani va xalqining iqtisodiy va ma'naviy ravnaqiga xizmat qilişni öz burçi va hayotiy maslagi deb biliş;
- umumbaşariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritiş, keng dunyoqaraşi va yuksak axloq sohibi bölişi;
- tanlagan mutaxassisligi böyiça çuqur bilimga ega böliş hamda kamida bitta xorijiy tilni a'lo darajada biliş.
Hujjatlar 2017 yil 6 noyabrdan 17 noyabrgaça Fondning saytiga (fondkarimov.uz) elektron körinişda yuboriladi. Talab etilgan hujjatlar, tanlov şartlari muddatlari töğrisida qöşimça ma'lumotlarni Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Movarounnahr köçasi, 24 uydan yoki +99871 237 3420; 237 3813 telefon raqamlari hamda Telegram messenjeridagi alohida kanal (@fondkarimov) orqali oliş mumkin.

















