“Özbekiston” Xalqaro anjumanlar saroyida “Özbekipaksanoat” uyuşmasi, “Buxoro Birilliant Silk” korxonasi hamda qator taşkilotlar bilan hamkorlikda “Sifatli va raqobatbardoş pilla xom-aşyosi yetiştirişning dolzarb muammolari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman taşkil etdi.

Ipakçilik ilmiy tadqiqot institutining 90 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan mazkur tadbirning maqsadi Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2017 yil 29 martda “Özbekipaksanoat” uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida ilgari surilgan pillaçilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş va mavjudlarini modernizatsiya qiliş, çet el investitsiyalarini jalb qiliş uçun qulay şaroitlar yaratiş, jahon bozorida raqobatbardoş tayyor mahsulotlar işlab çiqariş hajmlarini va uning turlarini kengaytirişga qaratilgan.

Foto: Özbekipaksanoat
Foto: Özbekipaksanoat
Foto: Özbekipaksanoat

Mazkur tadbir xorijiy investorlarni 3000 ming yillik tarixni qamrab olgan özbek ipakçilik sohasining eksport salohiyati bilan taniştirişga xizmat qiladi.

Davlat rahbari taşabbusi bilan taşkil etilgan Uyuşma faoliyati samarasi ölaroq bugun tarmoqda mavjud köpgina muammolar hal qilinişiga erişilmoqda. Qisqa davr içida “Özbekipaksanoat” sohada köpgina natijalarga erişganini körsatdi.

Foto: Özbekipaksanoat
Foto: Özbekipaksanoat