Rubica startapining fikriça, şaxsiy ma'lumoti kiberjinoyatçilarda katta qiziqiş uyğotadigan yirik kompaniyalar rahbarlari, siyosatçilar, taniqli sportçilar va jamoat arboblariga uning suğurta ilovasi zarur, deb yozmoqda Business Insider.

Equifax kredit tarixi böyiça byurosi 143 million mijozning ma'lumotlari sizib çiqqani haqida ma'lum qilganidan söng, köplab startaplar kiberjinoyatlardan himoya masalalari haqida jiddiy boş qotirişni boşladilar. Rubica PURE suğurta kompaniyasi bilan hamkorlikda hakerlik hujumidan aktivlar hamda şaxsiy ma'lumotlarni himoya qiliş uçun $ 1 mln. dollargaça bölgan 24 soatlik suğurta xizmatini taklif qilmoqda. Bu öziga xos dastlabki şunday xizmat bölib, jismoniy şaxslarga taşkilotlarga qaraganda köproq mos keladi.

Rubica’ning işlanmasi «katta aka» tamoyili böyiça işlaydi: foydalanuvçilar ilovani barça qurilmalariga yuklab oladi, hamda u doimiy ravişda fon rejimda işlab, ehtimoliy xavf-xatarlarni izlaydi. Şuningdek, unda «kiber-konserj» servisi bor, u, masalan, ğalati e-mail qanday tahdid uyğotişini tuşunişga yordam beradi.

Startapning fikriça, yuqori martabali amaldorlar, yirik kompaniyalar rahbarlari va boşqaruv kengaşi a'zolari, taniqli sportçilarda bu ilova qiziqiş uyğotişi kerak. Umuman olganda, jiddiy aktivlarga ega bölgan har qanday insonning şaxsiy ma'lumoti kiberjinoyatçilar uçun yaxşi nişonga aylanişi mumkin.