Qirğiziston prezident apparati rahbari Almazbek Usenov Avtomobil transporti va yöl xöjaligi xodimlari kuniga bağişlangan tantanali marosimda Almazbek Atamboyevning tabriknomasini öqib eşittirdi. 24kg şu haqida xabar berdi.

"Davlatning butun bir transport tizimining samarali faoliyati töğridan-töğri avtomobil yöllari holatiga boğliq. Şu bois sönggi yillarda yöllarni qayta ta'mirlaş va quriş strategik muhim vazifaga, şuningdek respublika iqtisodiy tiklanişining tarkibiy qismlaridan biriga aylandi", - deya ta'kidlaydi prezident öz nomasida.

"Biz sekin-astalik bilan tranzit mamlakatga aylanib bormoqdamiz. Ekspertlarning baholariga köra, Markaziy Osiyo mintaqasining yuragida joylaşgan Qirğiziston kelgusida xalqaro tranzit munosabatlarning faol iştirokçilaridan biri bölişi mumkin".

Almazbek Atamboyevning tabriknomasidan

"Şimol-Janub muqobil avtoyölining qurilişi Rossiya-Qozoğiston-Qirğiziston-Tojikiston yönalişi böylab töğridan-töğri tranzitni ta'minlaydi. Issiqköl transport xalqasi qurilişining tugallanişi oxir-oqibat Ğarbiy Xitoy-Ğarbiy Yevropa magistraliga çiqiş imkonini beradi. Bişkek-Öş, Öş-Batken-Isfana-Qayrağoç transport koridorlarini yaxşilaş işlari davom etmoqda", - deyiladi xatda.

"Yöl qurilişi yanada yoruğ kelajak sari boşlaydi. Rivojlangan yöl-transport tizimiga ega bölmay, Qirğizistonning rivojlanişini tasavvur qiliş qiyin".

Almazbek Atamboyev

Tabrik sönggida Almazbek Atamboyev barça işçilarga mustahkam soğliq va baxt-saodat, Qirğizistonga esa - tinçlik va farovonlik tilab qoldi.