Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy sayti – islamkarimov.uz, islomkarimov.uz iş boşladi. 

Saytdagi materiallar özbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilgan. 

ÖzA xabariga köra, sayt «UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş hamda joriy qiliş markazi mutaxassislari kömagida işlab çiqilgan. 

Sayt internet foydalanuvçilariga Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan batafsil tanişiş uçun qulay imkoniyat taqdim etgan. 

Manbada Islom Karimovning tarjimai holi, davlat mukofotlari, asarlari, Vatanimiz mustaqilligi solnomasi, jamiyat va davlat hayotining turli jabhalaridagi özgarişlar va islohotlar bilan tanişiş mumkin. 

«Xotiralar» bölimi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Ijroiya qömitasi raisi – Ijroçi kotibi Sergey Lebedevning sözlari bilan boşlanadi: «Islom Karimov kuçli va yorqin şaxs sifatida xotiramizda muhrlanib qolgan. Nafaqat men, balki u bilan taniş bölgan boşqa kişilar ham uning öta kuçli xotirasi, doimo öz sözida turişi, nutqlarida közda tutilgan aniq vaziyatlar, istiqbollarga xolis baho beriş qobiliyatini yuksak baholardik». 

"Xalq sözi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining boş muharriri Ötkir Rahmat “Birinçi Prezidentimiz tomonidan işlab çiqilgan taraqqiyotning "özbek modeli"ni amalga oşiriş va zamonaviy davlat barpo etiş borasidagi strategik tamoyillarga biz öz işimizda doimo suyanamiz”. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan bu sözlarda çorak asrlik mustaqil taraqqiyot davomida Özbekistonning buyuk farzandi, butun hayoti va bor kuç-ğayratini tölaligiça Vatan xizmatiga baxşida etgan, öz xalqini jondan sevgan Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qölga kiritilgan yutuqlar e'tirofi öz ifodasini topgan", deb ta'kidlaydi. 

Saytda, şuningdek, mediateka mavjud bölib, u orqali foto va videogalereya materiallari bilan tanişiş mumkin. 

Virtual sayohat Toşkentdagi Islom Karimov haykali va uning atrofidagi hududlar bilan tanişiş imkonini beradi.