Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Boşqaruvi özining navbatdagi yiğilişida qayta moliyalaş stavkasini yillik 14 foiz miqdorida qoldiriş böyiça qaror qabul qildi, deyiladi Markaziy bank axborotida.
Axborotda makroiqtisodiy holat va pul-kredit siyosati tahlili yoritib berilgan. Jumladan, 2017 yilning 9 oyi davomida pul-kredit siyosati makroiqtisodiy holat, xususan yuqori inflyatsion bosim şaroitlarida amalga oşirildi, deyiladi.
Iqtisodiyot va pul-kredit sohasida şakllangan uşbu vaziyat, içki bozorda narxlarning ösiş sur'atlarini sekinlaştiriş va inflyatsion xatarlarni çeklaş vazifalari Markaziy bankning qayta moliyalaş stavkasini joriy yilning 28 iyunidan yillik hisobda 9 foizdan 14 foizgaça oşirişni taqozo etdi.
Bu, öz navbatida, banklararo pul bozorida örtaça foiz stavkalari yanvar-iyun oylaridagi 8,1 – 9% foizdan, III çorakda 12-12,2 foizgaça kötarilişiga zamin yaratdi. Şu bilan birga, banklar tomonidan iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar böyiça örtaça tortilgan foiz stavkasini örtaça 2 foiz banddan köproqqa oşişi kuzatildi.
Depozitlar böyiça foiz stavkalarining dinamikasida ham ösiş holatlari kuzatildi. Xususan, iyul-sentabr oylarida yuridik va jismoniy şaxslarning jami muddatli depozitlar böyiça örtaça tortilgan foiz stavkasi 11,9 foizdan mos ravişda 12,9, 13,5 va 15,2 foizgaça kötarildi. Bunda ösiş, asosan, yuridik şaxslarning muddatli depozitlari böyiça foiz stavkalarining birinçi yarim yildagi örtaça 6,4 foizdan 11,4 foizgaça kötarilişi bilan izohlanadi.
Kreditlar va depozitlar böyiça foiz stavkalarining kötarilişi asosan qisqa muddatli resurslar böyiça foizlarning oşişi hisobiga röy berdi.
Şu bilan bir qatorda, Markaziy bank tomonidan samarali bank nazorati, xususan kreditlaş jarayonida tijorat banklari tomonidan iqtisodiy normativlarga qat'iy rioya etilişini ta'minlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşirib borildi.
Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasining ma'lumotlariga köra, 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida iste'mol baholari indeksi böyiça hisoblangan inflyatsiya darajasi ötgan yilning mos davriga (2,2 foiz) nisbatan yuqori bölib, 7,8 foizni taşkil etdi.
Bunda, mazkur davrda oziq-ovqat mahsulotlari guruhi böyiça narxlarning örtaça ösişi 7,6 foizni (2016 yilning mos davrida 3,3 foizga pasaygan), nooziq-ovqat mahsulotlari böyiça 8,6 foizni (2016 yilning mos davrida ösiş 6,4 foiz) hamda pullik xizmatlar böyiça tariflarning oşişi 7,0 foizni (2016 yilning mos davrida ösiş 7,0 foiz) taşkil etdi.













