Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda noyabr oyi boşida Özbekistonga taşrif buyuradi, deya xabar bermoqda mahalliy naşrlar.
«Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov bilan bir qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazişni rejalaştirmoqda», - deyiladi xabarda.
Amaliy taşrif kelgusi oyning birinçi kunlariga rejalaştirilgan hamda MDH davlatlari hukumatlari rahbarlari kengaşining Toşkentdagi navbatdagi majlisiga töğri keladi. Siyosatçilar uçraşuvi 3 noyabr kuni bölib ötadi.
Yiğiliş kun tartibiga MDH davlatlarining iqtisodiy sohadagi hamkorligini kengaytiriş masalalari kiritilgan.













