Bugun, 27 oktabr kuni Turkmanistonda Mustaqillik kuni nişonlanmoqda. Turkmaniston mustaqilligining 26 yilligiga bağişlangan katta bayram tantanasi «Aşxobod» sport majmuasi markaziy stadionida bölib ötdi.
Sport maydoni markazida bayram tantanasi iştirokçilari «XXVI» raqamini tasvirlaşdi.
Ajoyib yakunga Turkmanistonning köp rangli xaritasi aylandi, u tadbir iştirokçilari tomonidan stadionda tasvirlandi. Dasturning eng asosiy nuqtasiga esa quştdepdi marosim raqsi namoyişi aylandi.



Eslatib ötamiz, 1991 yilning 27 oktabrida Turkmaniston SSR Oliy Kengaşi umumxalq referendumi natijalari asosida «Turkmaniston mustaqilligi va davlat tizimi asoslari töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Unga köra, Turkmaniston SSR hududida mustaqil davlat e'lon qilindi.













