Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning topşiriğiga binoan mamlakatimizga taşrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining örinbosari Dmitriy Rogozinni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, oliy va yuksak darajadagi muntazam va samarali muloqotlar Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlari mustahkamlanişiga, şuningdek, ularni aniq amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qilayotganini çuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga davlat taşrifi, şuningdek, ikki davlat rahbarlarining 10 oktabr kuni Soçi şahrida MDH sammiti doirasida ötgan uçraşuvlari mamlakatlarimiz örtasida uzoq istiqbolga möljallangan va özaro manfaatli hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötargani alohida ta'kidlandi.
Bugungi kunda savdo hajmi barqaror sur'atlarda ösib bormoqda, Rossiyaning yetakçi kompaniya va banklari bilan hamkorlikda Özbekiston iqtisodiyotining neft-gaz majmuasi, metallurgiya, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, oziq-ovqat, farmatsevtika va boşqa tarmoqlarida yirik sarmoyaviy loyihalar amalga oşirilmoqda.
Mintaqalar örtasida va biznes sohasida özaro hamkorlik yanada faollaşdi. Samarali madaniy-gumanitar almaşuv kengayib bormoqda.
Uçraşuvda Özbekiston va Rossiya örtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda harbiy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça kelişuv va bitimlarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatlarimiz yetakçi korxona va kompaniyalari örtasida istiqbolli qöşma dastur va innovatsiya loyihalarini jadal rivojlantirişga qaratilgan sanoat kooperatsiyasini mustahkamlaş muhimligi qayd etildi.
Dmitriy Rogozin Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumat raisi Dmitriy Medvedevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Rossiya Hukumati raisi örinbosari Rossiya Federatsiyasi Özbekiston bilan strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhidagi keng kölamli va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor va bundan manfaatdor ekanini ta'kidladi.
Şavkat Mirziyoyev Dmitriy Rogozinni qabul qildi
01:20 / 28.10.201719 8883 min

















