27 oktabr kuni Toşkent şahrida "elektron hukumat" tizimida axborot xavfsizligi muammolari va ularning yeçimlariga bağişlangan respublika seminari taşkil qilindi. Tadbirda davlat boşqaruvi organlarining bevosita mazkur yönalişga mas'ul 100 dan ziyod mutaxassislari iştirok etişdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Respublika seminari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, UNICON.UZ markazi hamda Özbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati hamkorligida taşkil qilindi.
Jamiyat axborotlaşuvi, ma'lumot va xizmatlarning, faoliyatning onlayn tarmoqqa köçayotgani öz örnida tizimlar va ma'lumot bazalarining xavfsizligini ta'minlaş, me'yoriy-huquqiy bazani bugungi elektron munosabatlarga muvofiqlaştirişni taqozo qiladi. Seminar bu yönalişda amalga oşiriş zarur çora-tadbirlarni, mavjud muammo va kamçiliklarni mutaxassislar bilan hamkorlikda muhokama qiliş, ularning yeçimlarini izlaş, strategik maqsad va takliflarni töplaşni maqsad qilgan.
Bir kunlik seminarda axborot xavfsizligi sohasida tartibga soluvçi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, axborot tizimlari va resurslarini axborot xavfsizligi hodisalari böyiça monitoringi, faoliyatni himoya qiliş, axborot tizimlarini himoyalaşning algortimik modellari, Markaziy Osiyoga tahdid solayotgan axborot xurujlari, biometrik kriptotizimlarning muammolariga bağişlangan 15 ta taqdimot tinglandi.
Şuningdek, tadbirda davlat va xöjalik boşqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining "ict.nis.uz" tizimidagi axborot xavfsizligi holatining 2017 yil III çorak natijalari e'lon qilindi.
Seminar yakunida iştirokçilarning fikr-mulohazalari tinglanib, taqdimotlarda kötarilgan muammo va masalalar yeçimiga oid qarorlar qabul qilindi.













