Navoiy viloyati 2017 yilgi paxta topşiriş böyiça şartnoma majburiyatlarini bajardi. Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xom-aşyosi tayyorlaş töğrisidagi ma'lumotnomada keltirilişiça, navoiylik paxtakorlar 27 oktabr holatiga köra, davlatga 97 ming 330 tonna paxta topşirgan (reja - 97 ming tonna).
Respublikada birinçi bölib, 13 oktabr kuni Xorazm viloyati paxta sotiş rejasini ado etgandi. Bir hafta muqaddam, 20 oktabr kuni esa Qoraqalpoğiston Respublikasi ham paxta sotiş rejasini bajardi.
Ayni vaqtda Buxoro, Samarqand va Andijon viloyatlari ham rejaga yaqinlaşmoqda. Sirdaryo, Namangan va Farğona viloyatlari esa nisbatan ortda qolgan.
Respublika böyiça bu mavsumda 3 million 180 ming 700 tonna paxta hosili terib oliş rejalaştirilgan.

















