Özbekiston Futbol Federatsiyasining Ijroiya Qömitasi Byurosining qaroriga köra, futbol böyiça 2018 yilgi Oliy liga musobaqalarida 12ta jamoa iştirok etadi. Çempionat öyinlari esa 3 davra tizimida ötkaziladigan böldi. Bu haqda ÖFF matbuot xizmatiga asoslangan holda «Tribuna» xabar berdi.
Yangi formatga köra, 12ta jamoa 3 davrada aylanma tizimda öynaydi. Bunda har bir jamoa mavsum davomida 33ta öyin ötkazadi. Dastlabki ikki davraga mavsum boşida qur'a taşlanadi va jamoalar «uyda-safarda» tizimida bahs olib boradi. Musobaqaning uçinçi davrasiga esa reglament asosida qur'a taşlaş yöli bilan mezbon-mehmon aniqlanadi. Natijada klublar örtasida çempionlik va ligada qoliş uçun raqobat kuçayib, musobaqa saviyasi oşadi.
2018 yilgi 12ta jamoadan iborat 3 davrali tizim iştirokçilarini aniqlaşda 2017 yilgi futbol mavsumi hamda 2018 yilgi mavsumga futbol klublarini litsenziyalaş yakunlari asos bölib xizmat qiladigan böldi. Natijada, 2018 yilgi musobaqada 2017 yilda 1–11 örinlarni egallagan 11 jamoaga Birinçi liga musobaqalarida ğolibi bölgan futbol klubi qöşiladigan böldi.
Uşbu qarorni qabul qiliş asnosida ÖFF va PFL rahbariyati murabbiylar, klublar rahbarlari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining har bir taklifini çuqur örganib çiqdi.
«Men bugungi qabul qilingan qarordan qoniqiş hosil qildim», – dedi ÖFF Prezidenti Umid Ahmadjonov. «Çunki, u bir tomonlama qabul qilinmadi. Biz hamma kiritilgan taklif va mulohazalarni örganib çiqdik. Keyin esa yangi formatning bizning şaroitga qanday töğri kelişini örgandik. Yakunda esa 12ta klub qatnaşadigan musobaqa variantida töxtadik. Men uşbu qarorning qabul qilinişida iştirok etgan har bir ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillariga öz minnatdorçiligimni bildiraman».
Umid Ahmadjonov çaqirgan ÖFF Ijroqömining Byurosi, şuningdek, Birinçi ligada öynaydigan jamoalar sonini 16taga kamaytiriş töğrisida ham qaror qabul qildi. Birinçi liga asosan yoşlar öynaydigan musobaqa bölib, Oliy liga klublari hamda terma jamoalar uçun nomzod tayyorlaydigan öziga xos fabrika bölib xizmat qilişi kerakligi alohida urğulandi. Bundan taşqari, futbolni butun Respublika böylab bir tekisda rivojlanişiga erişiş maqsadida Birinçi ligada har bir viloyatdan bitta jamoaning iştirok etişi asosiy talablardan biri etib qöyiladi. Şu orqali ÖFF va PFL musobaqalarida iştirok etadigan futbolçilarning yoşarib borişiga erişiladi va yakunda murabbiylarni aynan yoşlarga köproq imkoniyat berişga undaydi.

















