Bugun, 30 oktabr, duşanba kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji öquvçisi Jasurbek Ibrohimovning ölimi yuzasidan sud jarayoni yakunlandi va hukm öqildi. «Kun.uz» muxbiri ma'lumot berişiça, Mirobod tuman sudi ayblanuvçi Islombek Tölaganovni 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş böyiça hukm çiqargan.
Islom Tölaganov Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» punkti bilan (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) ayblangandi.
Sud Jasurbek Ibrohimov 3 may kuni olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan degan xulosaga kelgan.
Prokuror sudda Tölaganovni 6 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosi qöllaşni söragandi.
Eslatib ötamiz, şu yilning yozida tibbiyot kolleji talabalari örtasidagi muştlaşuv oqibatida ulardan biri halok bölişi jamoatçilik muhokamasida böldi. 3 may kuni röy bergan muştlaşuv oqibatida oğir tan jarohatlangan Jasur Ibrohimov bir oy davomida şifoxonada bölgan, u 5 marta operatsiya qilingandi. Ammo şifokorlar uning hayotini saqlab qola olişmadi va u 1 iyun kuni vafot etdi
Bu voqea jamoatçilikda katta rezonans keltirib çiqardi. Toşkent şahri aholisi adolatli tergov ötkazilişi va aybdorlar jazolanişini sörab imzo yiğdi.
Borovskiy kolleji uşbu voqealar ortidan yopildi.
Islombek Tölaganov iyun oyi boşida hibsga olingandi. Uşbu jinoyat böyiça tergov jarayonini Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Ixtiyor Abdullayev şaxsan nazoratiga oldi. Iş böyiça ilk sud eşituvi 26 senyatbr kuni Mirobod tumani sudida bölib ötdi.
Sud mojaro iştirokçilarining ota-onalari, guvohlar, sud tibbiy ekspertlarining körsatmalari tinglandi. Sud jarayoni iştirkoçilarining körsatmalari bir-biriga zid bölar va çalkaşliklar yuzaga kelardi.
Oxirgi sud yiğilişida ham jabrlanuvçining advokati Lola Ismoilova prokuror ayblov xulosalariga e'tiroz bildirib, işni guruh bölib kaltaklaş sifatida tasniflaş kerakligini aytdi. Advokat janjalning barça iştirokçilarini jazolaşni söradi.
Sudlanuvçining advokati esa mojaro Jasur Ibrohimov aybdor bölganini aytib, uning ölimiga şifokorlarning beparvoligi sabab bölganini keltirdi hamda himoyasidagi şaxsni darhol ozod qilişni söradi.
1999 yilda tuğilgan Islombek Tölaganov Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» punkti bilan (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) aybdor deb topildi va unga 6 yillik qamoq jazosi belgilandi (umumiy tartibdagi koloniya).

















