Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi paxta rejasini bajargani yolğon bölib çiqdi.
Bugun Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov iştirokidagi yiğiliş vaqtida paxta terimi vaqtida amalga oşirilgan qöşib yozişlar foş qilindi. Natijada, Toşkent va Jizzax viloyati hokimlari qöşib yozişga yöl qöyilgani uçun işdan olindi, Xorazm viloyati hokimi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi rahbari jiddiy ogohlantirildi.
13 oktabr kuni Xorazm viloyati, 20 oktabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi, 27 oktabr kuni Navoiy viloyati paxta sotiş rejasini bajargani haqida ma'lum qilingandi.

Endi bu hududlarning natijalari bekor böldi va asl holatiga qaytarildi.

28 oktabr holatiga köra, Jizzax va Toşkent viloyatlari Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xomaşyosi tayyorlaş töğrisidagi ma'lumotnoma reytingida 9 va 10 örinlarda joylaşgandi. Avvalgi reytingda Jizzax viloyati paxta rejasini 83,44 foizga yetkazgani keltirilgandi. Yangilangan reytingda esa aslidagi körsatkiç - 76,83 foiz.
Toşkent viloyati körsatkiçlarida farq juda katta - 10 foizdan ortiq. 28 oktabr kungi ma'lumotnomada viloyat rejani 82,98 foizga yetkazgani ma'lum qilingandi. Aslida esa viloyatning körsatkiçi - 72,55 foiz. Oxirgi örin.
Bundan taşqari, 28 oktabr kungi va 30 oktabr kungi ma'lumotnomalar soliştirilganida Andijon va Buxoro viloyatlarining natijalarida 5 foiz atrofida farqlar bölgani körinadi. Şuningdek, Surxondaryo viloyati ham qöşib yozganlar qatorida.
Yangilangan «svodka»ga köra, Samarqand, Sirdaryo, Farğona, Namangan va Qaşqadaryo viloyatlarida qöşib yoziş holatlari qayd etilmaganini köriş mumkin. Lekin bu oxirgi voqealar hisobga olinsa, eng aniq ma'lumot böla olmaydi.

















