31 oktabr, seşanba kuni Manxettenda yuk maşinasini boşqargan şaxs odamlarni qasddan urib yuborişi oqibatida 8 kişi halok böldi, 12 kişi jarohatlandi. Kelib çiqişiga köra özbekistonlik bölgan Sayfullo Saipov terakt ijroçisi sifatida gumon qilinmoqda.
U ayni vaqtda qölga olingan. 29 yoşli bu terrorçi Uber haydovçisi sifatida işlagan. Ayrim manbalarga köra, u maşinada teraktni IŞID nomidan sodir etgani ifodalangan yozuv qoldirgan.
Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga köra, u Nyu-Jyersi Paterson şahrida yaşagan.
Uning yonida haydovçilik guvohnomasi topilgan, guvohnoma Florida ştati, Tampa şahrida berilgan.

Soipovning tanişi - Qobiljon Matkarov «u juda baxtiyor odam bölgani» haqida aytib berdi.
«U AQŞni sevardi, u terrorçi emas. U hamişa baxtli edi va tabassum qilardi», degan Matkarov.
The New York Times ma'lumotiga köra esa, Soipov avval ham AQŞ hukumati e'tiboriga tuşgandi.
Xabarda yozilişiça, huquq-tartibot organlari Sayfullo Soipov haqida Nyu-Yorkdagi teraktga aloqasi bölmagan tekşiruv doirasida axborot töplagan. Soipov tergovni birinçi navbatda qiziqtirgan şaxsning qarindoşi yoki tanişi bölgan.

AQŞ içki xavfsizlik vazirligi, FQB va Nyu-York politsiya boşqarmasi ikki yil davom etgan tekşiruv yakunlariga köra, 5 nafar özbekistonlik va bir qozoğistonlikka nisbatan IŞID terrorçilik guruhini moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça rasmiy ayblov e'lon qilgan edi. Soipov ulardan biri bölgan-bölmagani noma'lum.












