Nyu-York markazidagi Manxettenda yuz bergan teraktga oid yangi ma'lumotlar paydo bölmoqda. Terakt vaqtida voqea joyida bölgan guvohlari fojia tasvirlarini internetga joyladi.

Frustrated PaulRevere portalining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida haydovçining qölga olinişi tasvirlangan video joylangan.

Kadrlardan birida haydovçi pikapdan çiqişi va voqea joyidan qoçişi körinadi.

Keyinroq tarqalgan yana bir videoda esa kamera 2 politsiyaçi yerda yotgan şaxs uşlab turganini körsatadi.

31 oktabr, seşanba kuni Manxettenda yuk maşinasini boşqargan şaxs odamlarni qasddan urib yuborişi oqibatida 8 kişi halok böldi, 12 kişi jarohatlandi.

Özbekistonlik Sayfullo Habibullayeviç Soipov terakt ijroçiligidagi asosiy gumondor bölib turibdi. U maşinada IŞIDga sadoqat izhor qilgani haqidagi yozuvni qoldirgani aytilmoqda.

Sayfullo Soipov AQŞga Özbekistondan 2010 yili kelgan va Florida hamda Nyu-Jyersida yaşagan. Uning terrorçi guruhlarga aloqadorligi hozirça tasdiqlanmagan.

Terakt tafsilotlari FQB tomonidan örganilmoqda.